
Alkimyogar
Описание
Paulo Coelho'ning mashhur "Alkimyogar" romani, 1988 yilda nashr etilgan va 11 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Bu falsafiy hikoya, oddiy insonning o'z taqdiri va orzularini izlash haqidagi hikoya. Kitob, insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari va o'z Taqdiri yo'lidan borib, ko'ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirish uchun eng zarur narsalar haqida o'ylanishga undaydi. Kitobning asosiy qahramoni, Santyago, qo'ylarini haydab, o'z orzusini izlaydi. Uning sayohati, orzularni amalga oshirishning muhimligi va insonning o'z taqdiriga bo'lgan javobgarligi haqida o'ylanishga undaydi. Kitob, zamonaviy o'quvchilar uchun yozilgandek, dunyo bo'ylab millionlab o'quvchilarning qalbiga ta'sir qildi. Uning asarlari bestsellerlar qatoriga kirgan, ko'plab tillarga tarjima qilingan va adabiyot mukofotlariga sazovor bo'lgan.
J.ga bag’ishlanadi. — Buyuk Ijod sirini anglagan Alkimyogarga.
O’z yo’llarida davom etishdi. Iso bir qishloqqa kirdi. Bu yerda Marfa ismli ayol uni uyiga taklif qildi. Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Isoning oyoqlari oldida o’tirib, uning so’zlarini tinglar edi. Marfa esa tayyorgarchilik ishlari bilan juda ovora edi. Nihoyat u Iso yoniga kelib:
— Hazrat! Singlim bir o’zimni xizmatda qoldirib qo’yganiga e’tibor bermayapsanmi? Unga aytgin, menga yordam bersin! — dedi. Iso unga shunday javob berdi:
— Marfa, Marfa, buncha urinib tashvishlanmasang! Zarur bo’lgan bittagina ish bor. Maryam esa o’zi uchun yaxshi ulushni tanladi va bu undan tortib olinmaydi.
Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O’z Taqdiri yo’lidan borib, ko’ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?..
“Alkimyogar” romani mana shunday ko’lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.
Asar muallifi — hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Coelho.
“Alkimyogar” Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar” asarlariga o’xshamaydi. Ekzyuperining “Kichik Shahzoda”siga ham o’xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir “Alkimyogar”ni o’qiganda beixtiyor o’sha rivoyat-qissalar yodga tushadi. Zotan, bu asar aynan hozirgi zamon kitobxonlari uchun yozilgandek va “Alkimyogar”ning turli davlatlar arboblariyu, mashhur san’atkorlar hamda hozircha bir yuz o’n yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o’qilishi shundan dalolatdir.
“Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz. Zotan, bu orzu Olam Qalbida ham tug’iladi va ayni shuning o’zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdiqi, sizning taqdiringizdir”, deb yozadi P. Coelho.
Alkimyogar kitobni qo’liga oldi, uni sayyohlardan kimdir olib kelgan edi. Kitob muqovasiz edi, biroq u muallifning ism-sharifini topdi — Oskar Uayld — va uni varaqlab, tuyqusdan nigohi Nargis haqidagi rivoyatga tushdi.
Kun-uzzun anhor bo’yida o’z aksiga mahliyo bo’lib o’tiradigan sohibjamol bo’zbola haqidagi rivoyat Alkimyogarga ma’lum edi: Nargis shu qadar mahliyo bo’lib anhorga termilib qolgan ediki, oxir-oqibat suvga qulab, cho’kib ketdi, qirg’oqdan esa gul unib chiqdi, gulni uning nomi bilan atashdi.
Biroq Oskar Uayld bu rivoyatni boshqacha hikoya qilgan.
“Nargis halok bo’lgach, o’rmon nimfalari — driadalar sezdilarki, anhorning chuchuk suvi ko’z yoshdan sho’rlanibdi.
— Sen nega yig’layapsan? — so’rashdi driadalar.
— Men Nargisga aza tutayapman, — javob qildi anhor.
— Buning ajablanadigan joyi yo’q, — deyishdi driadalar. — Oqibat shu ekan, axir, u o’rmondan o’tganda biz doimo ortidan yugurar edik, yolg’iz sensan — uning husnu jamolini yaqindan ko’rgan.
— U sohibjamolmidi? — so’radi shunda anhor.
— Ha, bu haqda sendan o’zga kim ham bir so’z ayta olardi? — ajablanishdi o’rmon nimfalari: — Sening qirg’og’ingda o’tirib, sening suvlaringga termilib, azondan shom qorong’usigacha vaqt o’tkazgan emasmidi u?
Anhor uzoq sukut saqladi va nihoyat javob qildi:
— Men Nargisga aza tutayapman, biroq hech qachon uning go’zal ekanini payqamabman. Ko’z yoshlarimni oqizayotganim boisi, har safar u qirg’og’imga kelib, egilib suvlarimga termilib o’tirganida, ko’zlarining tubida mening go’zalligim yuz ko’rsatardi”.
“Naqadar g’aroyib rivoyat”, — o’yladi Alkimyogar.
Bo’zbolaning ismi Santyago. U qo’ylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi allaqachonlar o’pirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob bo’lgan joydan kattakon tutanjir o’sib chiqqan.
Shu yerda tunashga qaror qildi Santyago, chirib sinib yotgan eshikdan qo’ylarini ichkariga haydab kiritdi-da, bo’lak-so’lak taxtalar bilan suruv chiqib ketolmaydigan qilib eshikni tambaladi. Okrugda bo’rilar yo’q edi, biroq ba’zan qo’ylar uloqib ketib qolar, biror-bir daydi qo’yni qidirib kun-uzzun ovora bo’lishga to’g’ri kelardi.
Похожие книги

Лисья нора
«Лисья нора» – захватывающий роман из трилогии «Все ради игры» Норы Сакавич. Команда «Лисов», игроков в экси, сталкивается с нелегким выбором: подняться по турнирной лестнице или остаться на дне. Нил Джостен, главный герой, прячет от всех свое темное прошлое, но в команде каждый хранит свои секреты, и борьба за победу становится борьбой не только с соперниками, но и с самими собой. Читатели во всем мире были очарованы этой трилогией, которая рассказывает о преодолении трудностей и поиске себя в мире спорта и тайных страстей.

Инструктор
Макар, опытный инструктор по самообороне, и Эля, девушка, мечтающая о свободе, встречаются в неожиданной обстановке. Случайная встреча приводит к сложному и страстному роману. История полна напряженных моментов, но и надежды на счастливый конец. Книга содержит элементы остросюжетного романа, психологической драмы и эротических сцен. Главные герои переживают сложные отношения, но в итоге находят путь к счастью. Несмотря на некоторую откровенность и нецензурную лексику, книга не перегружена чрезмерной жестокостью, а акцент сделан на психологических аспектах.

Лавр
Евгений Водолазкин, известный филолог и автор "Соловьева и Ларионова", в новом романе "Лавр" погружает читателя в средневековую Русь. Герой, средневековый врач с даром исцеления, сталкивается с неразрешимым конфликтом: как спасти душу человека, если не можешь уберечь его земной оболочки? Роман исследует темы жертвы, любви и веры в контексте средневековой России. Врачебное искусство, вера и человеческие отношения сплетаются в увлекательном повествовании, где каждый персонаж и каждое событие обретают глубокий смысл. Книга погружает в атмосферу средневековья, раскрывая внутренний мир героя и его непростую судьбу.

Академия Князева
В романе "Академия Князева" Евгения Городецкого читатель погружается в атмосферу сибирской тайги, где развертывается история геологопоисковой партии. Главный герой, Князев, сталкивается с трудностями организации экспедиции, ожиданием теплохода, а также с непредсказуемостью природы и людей. Роман живописует быт и нравы жителей Туранска, показывая их повседневные заботы и надежды. Автор мастерски передает красоту и суровость сибирской природы, создавая атмосферу напряжения и ожидания. Книга пропитана реалистичностью и детально раскрывает характеры героев, их взаимоотношения и стремления.
